Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, davlat jismoniy va yuridik shaxslarning depozitlarini 200 million so‘mgacha kafolatlaydi – jismoniy va yuridik shaxslarning omonatlari davlat tomonidan himoyalanadi.
Yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun kafolat – ilgari faqat fuqarolarga tatbiq etilgan kafolat endilikda biznes uchun ham amal qiladi.
Omonatni qaytarish muddati 83 kundan 7 kungacha kamaytiriladi – 2026 yil 1 yanvardan 15 kun, 2027 yil 1 yanvardan esa 7 kun bo‘ladi.
Omonatlarni kafolatlash agentligi tashkil etildi – bank tizimidagi barqarorlikni taʼminlash uchun yangi institut ish boshlaydi.
99,7 foiz omonatchilarning mablag‘lari to‘liq himoyalanadi – bu esa bankka ishonchni yana-da mustahkamlaydi.


