2025-yil uchun Ochiq byudjet loyihalari taqvimi tasdiqlandi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Vazirlik bergan xabarga ko‘ra, tashabbusli byudjetning birinchi mavsumiga 1-fevral kuni start beriladi. Birinchi mavsum g‘oliblari 21-mart sanasida e’lon qilinadi. Birinchi mavsum 48 kun davom etadi.
Tashabbusli byudjetning ikkinchi mavsumi 15-iyulda boshlanadi va 30 kun davom etadi. Ikkinchi mavsum g‘oliblari 1-sentabr kuni e’lon qilinishi belgilangan.


