1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Oqilbek Japarov Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimidan bo‘shatildi

Bu haqida Qirg‘iziston matbuoti manbalarga tayanib xabar berdi.

Oqilbek Japarov Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimidan bo‘shatildi

Oqilbek Japarov Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi va prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.

 

Xabar qilinishicha, tegishli farmonni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov imzolagan.

 

Shuningdek, vazirlar mahkamasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Adilbek Qosimaliyev vazirlar mahkamasi rahbari va prezident administratsiyasi rahbari vazifasini bajarishi to‘g‘risida maʼlumot paydo bo‘ldi.

 

Oqilbek Japarov 2021 yil 1 iyundan 12 oktyabrgacha vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. U bu lavozimni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga rahbarlik qilish bilan birlashtirgan. 

 

2021 yil 13 oktyabrda u vazirlar mahkamasi raisi bo‘ldi va prezident maʼmuriyatiga rahbarlik qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика