O‘qishni ko‘chirish uchun qaysi davlatda o‘qiyotgan talabalar eng ko‘p ariza topshirgani ma’lum qilindi.
Xorijiy va xususiy OTMlarda o‘qiyotgan talabalar davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish uchun my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Ma'lum qqilinishicha, hozirgacha 3,7 ming talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
Eng ko‘p ariza topshirgan davlat talabalari:
- O‘zbekiston — 1 961 nafar (52,15 foiz);
- Qirg‘iziston — 945 nafar (25,13 foiz);
- Rossiya — 376 nafar (10 foiz);
- Tojikiston — 246 nafar (6,54 foiz);
- Qozog‘iston — 164 nafar (4,36 foiz);
- Qolgan davlatlar — 68 nafar (1,81 foiz).
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 5-avgustgacha davom etadi. Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar ariza berishi mumkin.
Ma'lumot uchun, "perevod"chilar uchun test imtihonini Bilimlarni baholash agentligi o‘tkazadi.