Endi xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan transfer.dtm.uz tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish hamda shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoni paydo bo‘ldi.
Talabgorlar onlayn ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlari haqida videoyo‘riqnoma orqali batafsil bilib olishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilda doktorantura imtihonlari anʼanaviy tarzda o‘tkazilishi bo‘yicha xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


