1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘qituvchi dars vaqtida o‘quvchini kaltakladi

Holat Xorazm viloyatida sodir bo'lgan.

O‘qituvchi dars vaqtida o‘quvchini kaltakladi

 

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchi dars vaqtida o‘quvchi qizni ayovsiz kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi.

 

Unga ko‘ra, o‘rganish natijasida holat Xonqa tumanidagi 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgani aniqlandi. Videolavhada aks etgan holat yuzasidan vakolatli tashkilotlar hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, Bosh prokuratura ham holat yuzasidan ma’lumot berdi. Hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotgani qayd etilgan. Tekshiruv doirasida o‘quvchilarda tan jarohatlarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

 

Tekshiruv harakatlari Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика