1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘qituvchilarga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat elektron shaklda beriladi

Pedagog kadrlarga qog‘oz shakldagi attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinadi.

O‘qituvchilarga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat elektron shaklda beriladi

 

Shuningdek, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi.

 

Bu haqda  Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi xabr qildi.

 

Unda aytilishicha, endi o‘qituvchi xohlagan paytida QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatni o‘zining shaxsiy kabinetidan yuklab olishi mumkin.

 

Taʼlim inspeksiyasining “pedkadr.tdi.uz” platformasi UzASBO hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinmoqda. Bu, o‘z navbatida, maktab buxgalteriyasiga o‘z toifasini oshirgan o‘qituvchilardan hech qanday hujjat talab qilmasdan, ularning ish haqini avtomatik tarzda qayta hisoblash va to‘lab borishga imkon beradi.

 

Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi berilgan sertifikatlar o‘z kuchida qoladi. Shu bilan birga amalda malaka toifasini tasdiqlashda, shuningdek, amal qilish muddati tugagunga qadar sertifikatda ko‘rsatilgan malaka toifasi bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari asosida haq to‘lash kabilar hisobga olinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq innovatsion platforma o‘qituvchilar malaka oshirishi uchun yangi imkoniyat ekani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика