1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘qituvchilarni maktab remontiga jalb qilgan direktor jarimaga tortildi

Direktor, shuningdek, o‘qituvchilardan maktab taʼmiri uchun 50 ming so‘mdan pul ham yig‘ib olgan.

O‘qituvchilarni maktab remontiga jalb qilgan direktor jarimaga tortildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tuman 20-sonli maktab direktori  o‘qituvchilarga majburan maktabni remont qildirayotgani haqida xabar tarqaldi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, direktor o‘qituvchilarni maktab remontiga jalb qilishdan tashqari ulardan taʼmirlash ishlari uchun 50 ming so‘mdan pul yig‘dirib olgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Aniqlanishicha, Koson tumani 20-umumiy o‘rta taʼlim maktab direktori haqiqatdan ham o‘qituvchi va ishchi xodimlarni taʼmirlash ishlariga jalb qilgan.

 

Maktab direktoriga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 2-qismiga asosan BHMning 100 (yuz) barobari, yaʼni 33 000 000 (o‘ttiz uch million) so‘m miqdorida maʼmuriy jarima qo‘llanilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика