1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘quvchining qo‘liga igna sanchgan o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hozirda tergov boshlangan.

O‘quvchining qo‘liga igna sanchgan o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Avvalroq Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va samorez sanchib jazolab kelgani haqida xabar berilgandi.

 

Tergovga qadar tekshiruv natijasida 2016 yilda tug‘ilgan Y. M. va Sh. U. larning qo‘llarini kaft qismini ustki qismiga burama mix (samorez)ni bir necha marta tiqib kelib, o‘quvchilarni qiynab, ularga tan jarohatlari yetkazganligi aniqlangan.

 

18 aprel kuni Sergeli tumani IIO TB tomonidan S. R. ga (2002 yilda tug‘ilgan) nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Tergov doirasida qo‘liga igna sanchilganligi aytilgan 1-sinf o‘quvchilariga sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика