Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksiyalari Ukrainaga yordam bermayapti. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban maʼlum qildi.
“Sanksiyalar siyosatiga sodiq davlatlar bor, ammo Bryussel buning xato ekanini, bu siyosat o‘zini oqlamaganini va aks taʼsirga ega bo‘lganini tan olishi kerak”, – degan u.
Vengriya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy cheklovlar Yevropaga ko‘proq zarar keltirmoqda. Shuningdek, siyosatchi Budapesht Moskvaga qarshi sanksiyalarga doimo qarshi bo‘lib kelganini taʼkidlagan.
Avvalroq Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etishni to‘xtatishga chaqirgandi.


