1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas: Melaniya Tramp yana birinchi xonim bo‘lishni orziqib kutayotganini aytdi

U agar eri saylovda yutsa, prezidentning yonida birga ishlashini aytdi.

O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas: Melaniya Tramp yana birinchi xonim bo‘lishni orziqib kutayotganini aytdi

 

AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampning rafiqasi Melaniya erining saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatladi va yana birinchi xonim bo‘lish u uchun sharaf bo‘lishini aytdi. Agar eri muvaffaqiyatga erishsa, u bolalarning farovonligi va rivojlanishiga qaratilgan "Eng yaxshi bo‘l" tashabbuslariga eʼtibor qaratishga vaʼda berdi. 

 

Melaniya "kelajakka umidni tiklash va Amerikani sevgi bilan boshqarish" uchun eri bilan birga ishlashni orziqib kutayotganini aytdi.

 

"Turmush o‘rtog‘im o‘zining birinchi boshqaruvida ulkan yutuqlarga erishdi va u bizni buyuklik va farovonlikka qaytarishi mumkin", — deydi sobiq birinchi xonim.

 

Ayni paytda Donald Tramp Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlik uchun kurashda yetakchilik qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика