Ayni kunlarda tog‘-chang‘i mavsumi avjida. “Uzbekistan Airways” dam olish kunlarida hordiq chiqarish mumkin boʻlgan 3 ta changʻi kurortlari haqida ma’lumot taqdim etdi.
⠀
Bildirsoy
Beldersay tog‘-chang‘i kurorti Chimyonda, Toshkentdan taxminan 80 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerda qishda ham, yozda ham ajoyib tabiat va toza havo mavjud. Dam olish kurortida hududida kanat yo‘li bor, lekin Beldersayga asosan ertalabdan kechgacha chang‘ida uchish uchun tashrif buyurishadi.
⠀
Chimyon
Chimyon majmuasida 1500 m asosiy tushish yoʻli bir necha qisqa (300-500 m) oʻquv yoʻlaklariga boʻlingan. Oʻtkir hissiyotlar ishqibozlariga uchun esa bekkantri (togʻ changʻi sporti va snoubord) bilan shugʻullanish uchun “yovvoyi” tizmalar mavjud.
⠀
Amirsoy
Tyan-Shan tog‘larining g‘arbiy qismida jahon standartlariga javob beruvchi dam olish maskani joylashgan. Qish mavsumida tashrif buyuruvchilar uchun umumiy uzunligi 15 km bo‘lgan 11 ta relyef yo‘llari mavjud. Amirsoy Resort’da qishki dam olishning katta tanlovi: ski-pass, ski-doo, tubing va boshqalar mavjud. Yaqinda esa Amirsoyda uzunligi 2913 metr bo‘lgan yangi kanat yoʻli ochildi, undan qorli qiyaliklarning ko‘rinishi manzarasi ochiladi.


