1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Orolbo‘yida Rossiya bilan hamkorlikda ikkita qo‘shma klinika ochiladi

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Orolbo‘yida Rossiya bilan hamkorlikda ikkita qo‘shma klinika ochiladi

 

Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Orolbo‘yi mintaqasida qo‘shma klinika ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

 

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya “Sog‘lom jamiyat” forumida ishtirok etish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib turibdi.

 

Delegatsiya ilk uchrashuvni Sankt-Peterburg shahri gubernatori o‘rinbosari Oleg Ergashev bilan o‘tkazdi.

 

Amrillo Inoyatovning so‘zlariga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda 22 ta xorijiy universitet bilan hamkorlikda tibbiyot kadrlari tayyorlanmoqda. Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti — shulardan biri.

 

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti o‘rtasidagi kelishuv asosida 2018 yildan buyon qo‘shma taʼlim dasturi asosida talabalar o‘qitilmoqda. Shu kunlarda birgina Sankt-Peterburgdagi mazkur nufuzli oliy o‘quv yurtida 300 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda.

 

Mazkur universitet va Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti o‘rtasida erishilgan kelishuvga muvofiq, xalqaro qo‘shma taʼlim dasturi asosida klinik ordinatura tashkil etilgan.

 

Shuningdek, muloqotda O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi N.Petrov nomidagi onkologiya milliy tadqiqot markazi o‘rtasida klinik ordinatura bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturini amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика