
“Internet 2.0” markazi Uxan shahri bilan Xubey provinsiyasining PSR-laboratoriya bo‘yicha tuzgan shartnomalari bo‘yicha surishtiruv o‘tkazgan. Unda aytilishicha, 2019-yilda laboratoriya uchun 2018-yildagiga nisbatan 2 barobar ko‘p mablag‘ sarflangan.
Surishturuv mualliflari 2019-yil yozida PSR-laboratoriyalar uchun xarajat keskin oshganini taʼkidlagan. Bu davrga kelib turli tashkilotlar tomonidan laboratoriyalarga buyurtmalarning ko‘paygani qayd etilgan. Ular orasida Uxandagi harbiy shifoxona, Uxan virusologiya instituti va Uxan ilmiy texnika universitetlari ham bo‘lgan.
"Biz o‘rganilgan maʼlumotlarga asoslanib, koronavirus Uxanda 2019-yilning yozidayoq tarqalib ketgan, degan xulosaga keldik. May oyida xarajatlarning oshishiga qaraganda aynan shu payt koronavirus tarqalishining boshlang‘ich davri bo‘lgan", – deyiladi tadqiqotda.
Аvvalroq AQSH maxsus xizmatlari koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha Jozef Baydenga hisobot taqdim etgandi. Shuningdek, JSST virus kelib chiqishi bo‘yicha yangi tekshiruv o‘tkazmoqchi ekani xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev


