1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

O‘rta Yer dengizi suvi qizimoqda

Bu issiqlik to‘lqini butun ekotizimga tahdid solishi aytilmoqda.

O‘rta Yer dengizi suvi qizimoqda

 

Euronews.com xabariga ko‘ra, O‘rta Yer dengizi haddan tashqari isib ketmoqda, olimlar bunday rekord ko‘rsatkichni birinchi marta qayd etishdi. Noyabr oyida suvning harorati 23°C ga yetdi, bu esa mavsumiy meʼyorlarga nisbatan 5°C ga yuqori ko‘rsatkichdir.

 

Ushbu issiqlik to‘lqini butun ekotizimga tahdid soladi.

 

«Dengiz hayvonlarining baʼzi turlari ko‘chib ketadi, ayrimlari esa umuman yo‘qolib ketishi mumkin», — deydi okeanolog Karina fon Shukman.

 

Yozda O‘rta Yer dengizi havzasida jazirama issiq bo‘ldi, yuqori haroratdan eng ko‘p Fransiya qirg‘oqlari zarar ko‘rdi. Dengiz shunchalik issiqki, baʼzi dengiz o‘simliklari nobud bo‘lmoqda. Olimlar vaziyat faqat yomonlashishi mumkinligidan xavotirda. O‘rtacha global haroratning ko‘tarilishi, issiqlik to‘lqinlari va dengiz haroratining ko‘tarilishi intensivligi va chastotasi ortib bormoqda.

 

Global isish va iqlim o‘zgarishi yil sayin kuchayib bormoqda. Dengizdagi issiqlik to‘lqinlari quruqlikdagi ob-havoning isishi tufayli yuzaga keladi va iqlim o‘zgarishi bilan ular tez-tez va uzoq davom etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика