1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

O‘shda kuchli sel toshqinlari kuzatilmoqda

Oqibatda bozorlarni suv bosib, mashinalarni oqizib ketgan.

O‘shda kuchli sel toshqinlari kuzatilmoqda

Qo‘shni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida kuchli sel yog‘ishi oqibatida suv toshqinlari yuzaga keldi. 

 

Ko‘chkilar natijasida bozorlardagi avtomobillar oqib ketgan. Yo‘llar va bozorni suv bosgan. Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, voqea joyiga 46 nafar qutqaruvchi yetib borgan, 420 kishi evakuatsiya qilingan.

 

Voqea guvohlari ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan videolarda markaziy bozorda tovar va oziq-ovqat mahsulotlari qolib ketgani, bir nechta mashina suv ostida qolgani hamda odamlar xavfsiz joyga borish uchun qiyalikdan pastga tushishga majbur bo‘lganini ko‘rish mumkin. 

 

Hozirda favqulodda vaziyatlar vazirligining mahalliy bo‘linmalari va fuqaro muhofazasi xizmatlari aholini evakuatsiya qilmoqda. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘sh viloyatining Nookat tumanida sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика