1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi

Endi kimyolashtirish vositalari va o‘simliklarni himoya qilish vositalari ro‘yxatga olinadi.

“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi

 

Kecha, 9 noyabr kuni “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

 

Qonunga muvofiq, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan yoki boshqa mamlakatlardan olib kelinadigan kimyolashtirish vositalari va o‘simliklarni himoya qilish vositalari ro‘yxatga olinishi lozim.

 

Ro‘yxatga olish Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (maxsus vakolatli davlat organi) tomonidan o‘tkazilgan sinovlar natijalari asosida amalga oshiriladi.

 

Kimyolashtirish vositalari va o‘simliklarni himoya qilish vositalari 5 yil muddatga ro‘yxatga olinadi.

 

Ro‘yxatga olish uchun sinovlarni o‘tkazish muddati 2 yildan oshmasligi kerak.

 

O‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rilishini talab qiluvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini 1 yilgacha muddatda tajriba tariqasida qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.

 

Kimyolashtirish vositalari va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini faqat maxsus omborxonalarda yoki maxsus xonalarda saqlashga yo‘l qo‘yiladi. Ularni maxsus idishsiz saqlash taqiqlanadi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика