
To‘rt davlat 24-sentyabr kuni Vashingtonda yig‘ilgan. Kosmik hamkorlik, kiberxavfsizlik va 5G texnologiyalarini rivojlantirish uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘lgan. Xususan, ushbu davlatlar iqlim o‘zgarishi holatlari monitoringi va tabiiy ofatlar yuzasidan sunʼiy yo‘ldosh tasvirlari bilan almashishga kelishib olgan. Shuningdek, ular infrastrukturada hamkorlik va kiberxavfsizlik bo‘yicha maxsus guruh tuzadi.
Bundan tashqari, 2022-yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazilishi mumkin. Uchrashuv yakunida qabul qilingan kommyunikeda dunyo aholisining katta qismi emlanishi, global sog‘liqni saqlash tizimining moliyalashtirilishi va siyosiy boshqaruvni mustahkamlash masalalari muhimligi taʼkidlangan.
Afg‘oniston ham markaziy mavzulardan bo‘ldi. Yaponiya, AQSH, Avstraliya va Hindiston afg‘on muammosidagi siyosatini muvofiqlashtirishga kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH, Avstraliya va Buyuk Britanya o‘rtasida harbiy alyans tuzilgani xabar qilingandi.


