1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Osiyodagi eng yirik aviakompaniya tomonidan O‘zbekistonga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Muntazam reyslar Boeing 737 va Boeing 787 samolyotlarida haftasiga bir marta amalga oshiriladi.

Osiyodagi eng yirik aviakompaniya tomonidan O‘zbekistonga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

 

Osiyodagi eng yirik aviakompaniya sanalgan Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga aviareyslarni amalga oshiradi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar berdi.

 

Unga ko'ra, mazkur yirik aviakompaniya Urumchi va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi.

 

Birinchi yo‘lovchi reysi joriy yilning 14-oktabriga belgilangan. Xususan, muntazam reyslar Boeing 737 va Boeing 787 samolyotlarida haftasiga bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.

 

Ma'lumot o'rnida, China Southern Airlines — Xitoyning Guandun viloyati, Guanchjou shahrida joylashgan bo'lib, u samolyotlar parkining hajmi bo'yicha Osiyodagi eng yirik aviakompaniya, shuningdek, Osiyodagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика