1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Oskar mukofotiga yangi nominatsiya qo‘shildi

Endi muxlislar sevimli filmlariga ovoz berishadi.

Oskar mukofotiga yangi nominatsiya qo‘shildi

 

3 nafar faol ishtirokchilar bu yilgi marosimda mehmon bo‘ladi.

 

94-Oskar mukofotini topshirish marosimida birinchi marta tomoshabinlar o‘zlarining sevimli filmlarini tanlashlari mumkin bo‘lib, u maxsus foydalanuvchi nominatsiyasida norasmiy mukofotga ega bo‘ladi.

Bu haqda The Hollywood Reporter yozmoqda. 

 

Ovoz berish Twitter ijtimoiy tarmog‘i ko‘magida bo‘lib o‘tadi va internet foydalanuvchilaridan 3 nafari Oskar-2023 marosimining mehmoni bo‘ladi. Va ularning barcha sayohat xarajatlari qoplanadi.

 

Qayd etilishicha, bu yangilik so‘ngi vaqtlarda Oskar mukofotining reytinglari tushib ketishi fonida paydo bo‘lgan. Shunday qilib, marosimda Twitter foydalanuvchilari oscarsfanfavorite.com saytida 2021 yilgi filmga ovoz berishlari mumkin bo‘ladi. Muxlislar hali ham #OscarsFanFavorite xeshtegidan foydalanib, o‘z sevimli filmlarini tvit qilish imkoniyatiga ega.

 

3-martgacha eng ko‘p muxlislar ovozini to‘plagan lenta Oskar 2022 translyatsiyasi vaqtida taqdirlanadi. Aksiyaning beshta ishtirokchisi yillik kino taloni, striming xizmatlariga obuna va Akademiya muzeyi do‘konidan eksklyuziv buyumlar bilan katta sovrinlar paketini oladi.

 

Kino muxlislari kuniga 20 martagacha post qo‘yishlari mumkin bo‘ladi. Ovoz berish muddati 14 fevraldan 3 martgacha. Shuningdek, ular filmdagi o‘zlari yoqtirgan sahnaga ham ovoz berish imkoniyatiga ega.

 

Maʼlumot uchun: bu yilgi “Oskar” yilning bosh kino mukofotini topshirish marosimi 27-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Marosimni 3 yil ichida birinchi marta mezbon olib boradi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Emmi—2021” mukofotining nomzodlari nomi maʼlum bo‘lgani hamda 2021 yilning eng yaxshi filmi eʼlon qilingani  haqida xabar berilgandi.

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика