Rossiya Ukrainadagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi uchun Eron bilan misli ko‘rilmagan harbiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin maʼlum qildi.
“Eronning Ukraina bo‘yicha qo‘llab-quvvatlashi ortidan Rossiya Tehronga misli ko‘rilmagan harbiy hamkorlik, jumladan, raketa va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini taklif qildi”, – degan u Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant bilan matbuot anjumanida.
Pentagon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, RF-Eron hamkorligini Ukrainada ishlatilayotgan dronlarda ko‘rish mumkin. Janob Ostinning fikricha, Tehron ushbu mojarodan katta tajriba olmoqda. Bu tajribadan Yaqin Sharqdagi Eron homiyligi ostidagi guruhlar foydalanishidan xavotir bildirgan.
Lloyd Ostin shu kunlarda Yaqin Sharqda bo‘lib turibdi. Muhokamalar markazida Eron yadro dasturi va mintaqa xavfsizligiga boshqa tahdidlar masalasi turibdi.


