1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

O‘ta chalkash normalar, tabiatga berilgan huquq va tugallanmagan konstitusion islohotlar: dunyodagi noodatiy konstitutsiyalar

Ayrim rivojlangan davlatlarda asosiy qonunlar yo‘q.

O‘ta chalkash normalar, tabiatga berilgan huquq va tugallanmagan konstitusion islohotlar: dunyodagi noodatiy konstitutsiyalar


 
Bir qarashda barcha zamonaviy huquqiy davlatlar o‘z konstitutsiyasiga egadek. Lekin aslida bunday emas. Hozirgi vaqtda davlatning asosiy qonuniga (konstitutsiyaga) ega bo‘lmagan mamlakatlar juda ko‘p. 


 
Buyuk Britaniya.
Birlashgan Qirollikda konstitusiya yo‘q.Uning asosiy qonuni qonunlar (1215-yilgi Magna Carta va 1659-yilgi Huquqlar to‘g‘risidagi Bill), davlat hokimiyati organlari va ularning munosabatlari asosida qurilgan presedentlar va urf-odatlardir. Ta’kidlash joizki, Buyuk Britaniyada nafaqat maxsus huquqiy tizim, balki bizning davrimizda juda kam uchraydigan boshqaruv shakli - parlament monarxiyasi mavjud. 


Kanada. Bu mamlakat kodifikasiyalanmagan konstitusiyaga ega. Ya’ni, qonunlar, an’analar va kelishuvlar birligi asosiy qonun hisoblanadi. 


 
Yangi Zelandiya.
 Konstitutsiyasiz yashash an’anasini meros qilib olgan yana bir sobiq Britaniya mustamlakasi. Buning o‘rniga parlamentning bir qator aktlari, Vaytangi shartnomasi (Buyuk Britaniya tomonidan mahalliy qabilalar bilan imzolangan hujjat), Ijroiya Kengashining farmoyishlari, sud qarorlari va yozilmagan konstitusiyaviy odatlar mavjud. E’tiborlisi, ushbu aktlar oliy yuridik kuchga ega emas. 


 
Shvetsiya. Qirollikning to‘rtta asosiy qonuni bor: taxt vorisligi to‘g‘risidagi qonun, matbuot erkinligi to‘g‘risidagi qonun, boshqaruv shakli to‘g‘risidagi qonun va so‘z erkinligi to‘g‘risidagi qonun. 1979-yilda  qonunlarning ba’zi qoidalarini o‘zgartirgan konstitusiyaviy islohot boshlangan, lekin bu jarayon hali tugallanmagan. 


 
Isroil. Parlamentdagi kelishmovchiliklar tufayli mamlakat konstitusiyasi qabul qilinmagan. Buning o‘rniga "Isroilning asosiy qonunlari" ishlab chiqilgan. 


 
Shu o‘rinda o‘ziga xos konstitutsiyasiga ega davlatlar ham bor. 1950-yilda qabul qilingan Hindiston konstitutsiyasi 395 ta modda, 12 ta ilova va 500 dan ortiq o‘zgartirishlardan iborat. U shu qadar murakkab tilda yozilganki, mamlakat aholisining aksariyati hozirgacha uning normalarini tushuna olmaydi. Bundan tashqari, konstitutsiya moddalari matnda shunchalik xaotik tarzda tarqalib ketganki, kerakli bandni darhol toppish deyarli imkonsiz. 

 

Ekvador tabiati himoyalangan va odamlar bilan teng huquqga ega dunyodagi yagona davlatdir. Ekvador konstitutsiyasi tabiatga yashash, rivojlanish va tiklanish huquqini beradi. 

 

Lotin Amerikasi mamlakatlari nafaqat  ekotizimga, balki an’ana va ajdodlarga hurmati hamda mehmondo‘stligi bilan ham mashhur.  

 

Braziliya konstitutsiyasida hindularning urf-odatlari, dini va dastlab yashagan hudulariga egalik qilish huquqidan iborat butun band bor. Keksa hindular jamoat transportidan bepul foydalanishlari mumkin. Bu huquq mamlakat asosiy qonunida ham mustahkamlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика