1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ota farzandining alimenti uchun 334 mln so‘m pul va Nexia-2 sovg‘a qildi

Undan bir nafar farzandining ta’minoti uchun to‘rtdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangandi.

Ota farzandining alimenti uchun 334 mln so‘m pul va Nexia-2 sovg‘a qildi

 

Samarqand viloyatida ota farzandining alimenti uchun 334 mln so‘m pul va mashina sovg‘a qildi.

 

Aytilishicha, fuqarolik ishlari Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2023-yil 6 oktabrdagi qaroriga asosan qarzdor O‘.Q.dan undiruvchi M.Sh.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun to‘rtdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qaroriga byuroning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

 

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor O‘.Q.ga qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik oqibatlari bo‘yicha tushuntirish berilgandan so‘ng aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorligini hamda farzandining voyaga yetgunga qadar, ya’ni 18 yoshgacha bo‘lgan davri uchun undiruvchi Sh.M.ga tilxat asosida 334 million so‘m pul va Nexia-2 rusumli avtomashinasini sovg‘a qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика