1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ota-onasi 3 oydan ortiq xorijga ketgan bolalarga vasiy tayinlanadi

Adliya vazirligi bu bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

Ota-onasi 3 oydan ortiq xorijga ketgan bolalarga vasiy tayinlanadi

 

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalarning huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi mazmun-mohiyati yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Qonun loyihasiga asosan, voyaga yetmaganlarga jinsiy tajovuz qilganlar amnistiyaga tushmaydi, taʼlim va tibbiyot muassasalarida ishlashi taqiqlanadi, birovning shaxsiy foto-video va yozishmalarini tarqatish bilan shantaj qilish uchun jinoiy javobgarlik bo‘lishi nazarda tutilmoqda.

 

Shuningdek, Xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalarning huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasiga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish, unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, fohishalikka jalb qilish, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan pornografik mahsulotni tayyorlash uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

 

Xususan, ularga nisbatan:

 

➖jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilmaydi;

➖ ayolni homilasini sunʼiy tushirishga majburlash

nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish uchun jazo og‘irlashtirilmoqda;

➖ shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik (intim hayot daxlsizligini buzish) uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda;

➖jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish: uning qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi so‘zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash, shahvoniy maylni ko‘rsatuvchi harakatlar qilish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda;

➖shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, erkinligi, shaʼni va qadr qimmatiga, O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar voyaga yetmaganlarga xizmat ko‘rsatiladigan taʼlim va sog‘liqni saqlash muassasalarida ishlashi taqiqlanmoqda.

 

Shu bilan birga, 18 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan ayrim jinoyatlar uchun jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish tariqasidagi insonparvarlik aktlari qo‘llanilmasligi nazarda tutilgan.

 

Qonun loyihasining muhim jihatlaridan biri, Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar toifasi aniqlashtirilib, ularning huquqlari kafolatlari va davlat himoyasi kuchaytirilmoqda;

 

3 oydan ortiq muddatga ota-onasi xorijiy davlatga ketayotgan bolalarga nisbatan vasiy yoki homiy tayinlanishi joriy etilmoqda

 

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda voyaga yetmagan, mehnatga layoqatsiz shaxslar va ota-onani moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan “haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilish” tarzidagi yangi jazo turi joriy etilmoqda. 

 

Aliment bo‘yicha majburiyatlarga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborilmasligi belgilanmoqda

 

Mazkur loyihada AQSH, Buyuk Brintaniya, Kanada, Germaniya, Belgiya, Portugaliya, Singapur kabi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi asosida bolalar va xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashining oldini olish choralari samaradorligini oshirish, oila institutini mustahkamlash, maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilashga qaratilgan bir qator yangi takliflar ilgari surilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика