Kecha, 4 avgust kuni UzAuto Motors yangilangan Cobalt, Lacetti va Damas uchun kontraktatsiya ochilganini hamda ularning narxlarini maʼlum qilgandi. Shundan so‘ng, avtosalonlarga yuzlab fuqarolar tashrif buyurgani aks etgan videolar tarqalmoqda.
— Damas D2 DLX Style Plus: 92 204 000 so‘m;
— LABO LB2 Plus: 91 669 000 so‘m;
— COBALT GS-Style Plus MT: 113 711 000 so‘m;
— COBALT GX-Style Plus AT: 134 294 000 so‘m;
— LACETTI L-Style Plus MT CNG: 144 111 000 so‘m;
— LACETTI L-Style Plus AT: 160 868 000 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, Cobalt, Lacetti, Damas va Labo sotuvi 2022 yilning dekabridan boshlab to‘xtatilgandi.


