1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

OTB O‘zbekistonda 13 ta maktab qurishda moddiy yordam ajratadi

Maktab qurilishi uchun mumiy maydoni 67,55 gektar bo‘lgan yer uchastkalari tanlab olindi.

OTB O‘zbekistonda 13 ta maktab qurishda moddiy yordam ajratadi

 

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 13 ta maktab qurilishiga ko‘mak beradi. Bu haqda prezidentning PQ-163-sonli qarorida nazarda tutilgan.

 

Hujjatga ko‘ra, texnik xizmatlar ko‘rsatish va tender hujjatlarini ishlab chiqish uchun OTB qaytarib berish sharti bilan 1,1 million dollar ajratadi.

 

Shu bilan birga, ushbu mablag‘ning 150 ming dollari davlat byudjeti hisobidan, 950 ming dollari esa xususiy sheriklar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan qaytariladi.

 

Loyiha 2023-2024 yillarda bank bilan tuzilgan shartnoma asosida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda.

 

Maktab qurilishi uchun mumiy maydoni 67,55 gektar bo‘lgan yer uchastkalari ajratildi.

 

Shunday qilib, Toshkent shahridagi Yangihayot tumanidan 1 ta, Toshkent viloyatidagi Zangiota tumanidan 5 ta, O‘rtachirchiq tumanidan 2 ta, Qibray tumanidan 3 ta, Toshkent tumanidan esa 2 ta yer uchastkasi ajratildi.

 

Maktab qurish uchun ajratilgan yer uchastkalari manzili:

 

1. Toshkent shahri, Yangihayot tumani, “Xushnud” MFY;

2. Toshkent viloyati, Zangiota tumani, “Namuna” MFY;

3. Zangiota tumani, “Bo‘ston” MFY;

4. Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Erkin massivi Konkus ko‘chasi;

5. Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Nazarbek massivi;

6. Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Ulug‘bek massivi;

7. Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Oxunboboyev massivi (331-konturida joylashgan);

8. Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Oxunboboyev massivi (460-konturida joylashgan);

9. Toshkent viloyati, Qibray tumani, Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv-ilmiy markaziga tegishli yer uchastkasi;

10. Toshkent viloyati, Qibray tumani, Do‘rmon massivi;

11. Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Beruniy” MFY;

12. Toshkent viloyati, Toshkent tumani, O‘rmon va manzara ilmiy ishlab chiqarish instituti massivining qishloq xo‘jaligi yer uchastkasi;

13. Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti yer uchastkasi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика