1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘tgan 8 oyda 414 kishi ovqatdan zaharlangan

Ularning 86 nafari bolalar bo‘lgan.

O‘tgan 8 oyda 414 kishi ovqatdan zaharlangan

 

O‘tgan 8 oyda 39 ta holatda guruhli zaharlanish qayd etilgan bo‘lib, bundan 414 nafar fuqaro jabrlangan, ulardan 86 nafari bolalar bo‘lgan.

 

Qayd etilgan ovqatdan zaharlanish holatlarining kelib chiqishi sabablari tahlil etilganda quyidagi holatlar aniqlandi:

 

Aksariyat umumiy ovqatlanish obyektlari, nodavlat taʼlim muassasalari oshxonalari sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga mos kelmagan holda faoliyat yuritayotganligi;

 

Oshxonalarning jihozlar bilan to‘liq taʼminlanmagan va mavjudlari esa maʼnan eskirgan yoki nosoz holatda ekanligi;

 

Taom tayyorlash uchun sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari ishlatilishi;

 

Umumiy ovqatlanish obyektlari oshpazlarining ko‘pchiligi soha bo‘yicha o‘qimaganligi, ularning taom tayyorlash texnologiyalarini, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish va realizatsiya qilish qoidalarini bilmasligi;

 

Aksariyat hollarda “Sanitariya minimumi” o‘quv kurslarida o‘qimagan, sanitariya qoida va meʼyorlari, epidemiyaga qarshi elementar talablarni bilmaydigan, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan xodimlar ishga jalb etilishi.

 

AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumanida ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish haqida maʼlumot berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика