O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyi davomida jami 74 ming 163 ta Gentra avtomobili ishlab chiqarildi. Statistika agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mashina o‘tgan yilning yanvar oyida umuman ishlab chiqarilmagan.
Eng ko‘p ishlab chiqarish aprel oyida (9 ming 531 dona) kuzatilgan. Eng kami esa fevral oyida (5 ming 174 dona) tayyorlangan.
Yanvar-noyabr oylari kesimida ishlab chiqarilgan Gentra avtomobillarining soni:
yanvar – 0 dona;
fevral – 5 ming 174 dona;
mart – 5 ming 968 dona;
aprel – 9 ming 531 dona;
may – 7 ming 288 dona;
iyun – 9 ming 123 dona;
iyul – 7 ming 95 dona;
avgust – 8 ming 502 dona;
sentyabr – 5 ming 602 dona;
oktyabr – 7 ming 393 dona;
noyabr – 8 ming 487 dona.


