1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘tgan yili xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 43 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi

Shuningdek, jami ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan 21 ta bolalar muassasasi faoliyati tugatilgani aytilmoqda.

O‘tgan yili xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 43 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi

 

Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova maʼlum qildi.

 

2022 yil mobaynida Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslar, bolalar hamda ular qonuniy vakillari tomonidan jami 696 ta murojaat qabul qilindi.

 

Shulardan 64 ta murojaat qanoatlantirilgan, 310 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan.

 

2021/2022 yillarda jami ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan 21 ta bolalar muassasasi faoliyati tugatildi.

 

Respublika bo‘yicha jami 139 ta oilaviy bolalar uyi tashkil etilgan bo‘lib, ularda 822 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.

 

Aliment olish huquqiga doir 29 ta murojaatni o‘rganish davomida 2022 yil davomida Bosh prokuratura tomonidan 71 nafar tarbiyalanuvchilarga ota-onalaridan 389,3 mln. so‘m aliment undirib berilishi taʼminlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика