1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Oyoqdagi zamburug‘lar tirnoqlar uchun xavfli

Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, u boshqalarga xam yuqishi mumkin.

Oyoqdagi zamburug‘lar tirnoqlar uchun xavfli

 

Oyoqlar – inson tanasining muhim tayanch aʼzosi. Ammo ulardagi tibbiy muammolar yurishga halal bermaguncha ko‘pchilik eʼtibor bermaydi.

 

— Yassitovonlik yoki oyoqlar orasi burmalarining torligi kabi nuqsonlar, noqulay va havo o‘tkazmaydigan poyabzallarni kiyish hamda oyoqlarning uzoq vaqt noqulay sharoitda bo‘lishi zamburug‘lar xavfini oshiradi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim mudiri Bobur Toirov. — Mikoz zamburug‘lari – ana shunday kasalliklardan. Ular bemor oyoq terisi po‘stli qipiqlarida juda ko‘p miqdorda bo‘ladi.

 

Oyoq terlashi, ishlab chiqarish omillarining taʼsiri, qon-tomir va endokrin tizimda uchraydigan patologik o‘zgarishlar, onkologik hamda immuntanqislik bilan kechuvchi kasalliklar oyoq mikozi va boshqa zamburug‘li xastaliklar rivojlanishiga qulay sharoit tug‘diradi.

 

Mikoz boshlanishida teri qichishadi, baʼzan qizarishi mumkin. Shuningdek, teri quruqlashib, qipiqchalar yuzaga keladi yoki suvsiraydi hamda dog‘lar paydo bo‘ladi.

 

Disbakterioz, immun tanqisligi, avitaminozlar bilan xastalangan bemorlar ham zamburug‘li kasalliklarga moyil bo‘ladi.

 

Xastalik, asosan, shaxsiy gigiyenaga ahamiyat bermay, bemorning paypog‘i va oyoq kiyimlarini kiyadigan insonlarda kuzatiladi.

 

Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, qo‘l yoki oyoq tirnoqlariga o‘tishi mumkin. Bunda tirnoq qatlami qalinlashib, uvalanadi. Rangi o‘zgarib, notekis holga keladi.

 

Shuningdek, xastalik bir necha yil davom etib, bu davrda bemor zamburug‘ infeksiyasini boshqalarga ham yuqtirishi mumkin.

 

Shu sababli har bir kishi oyoq-qo‘llari terisida muammolar kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilishi lozim.

 

Ayni paytda zamonaviy tekshiruvlar orqali teri xastaliklari tezkorlik bilan aniqlanadi. Mutaxassis nazoratida kerakli muolajalar olinsa, bemor hech bir asoratsiz sog‘ayib ketadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика