Ozarbayjon firibgarlik jinoyatida ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan Eron fuqarosini O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi maʼlum qildi deydi Azertag nashri.
Maʼlum qilinishicha, 1970-yilda tug‘ilgan Eron fuqarosi Imani Ali Abdulloh O‘zbekiston Bosh prokuraturasi so‘rovi asosida Ozarbayjonga nisbatan ekstraditsiya qilingan. U firibgarlik jinoyatini sodir etishda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan edi.
Ayblanuvchi 2025-yilda Ozarbayjon hududida aniqlanib, hibsga olingan. 2002-yil 7-oktabrda qabul qilingan “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi konvensiyaga muvofiq, uni ekstraditsiya qilish haqida qaror qabul qilindi.
Imani Ali Abdulloh Ozarbayjon Adliya vazirligi Jazoni ijro etish xizmati maxsus karvoni hamrohligida O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.
Ozarbayjon Bosh prokuraturasi O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan jinoyatchilikka qarshi kurash doirasidagi hamkorlik izchil va samarali davom etayotganini taʼkidladi.


