1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ozarbayjon xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayolni ekstraditsiya qildi

U firibgarlik va hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanmoqda.

Ozarbayjon xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayolni ekstraditsiya qildi

Ozarbayjon huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ma’lumotiga ko‘ra, 38 yoshli ayol firibgarlik va hujjatlarni qalbakilashtirishda gumonlanib, xalqaro qidiruvga berilgan edi. O‘zbekiston tomonining rasmiy so‘rovi asosida Ozarbayjon Bosh prokuraturasi uni javobgarlikka tortish uchun topshirish qarorini qabul qildi.

 

Ayolga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanib, u maxsus kuzatuv ostida mamlakatimiz vakolatli organlariga olib kelindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика