Ozarbayjon milliy Majlisi (parlamenti) deputati Fazil Mustafoga suiqasd uyushtirildi.
Respublika ichki ishlar vazirligining maʼlumotlariga ko‘ra, parlament aʼzosi nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgan. Fazil Mustafo oyog‘i va yelkasidan yaralangan hamda zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Hodisa tafsilotlarini o‘rganish yuzasidan tezkor-tergov guruhi tashkil etildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ozarbayjon davlat xavfsizlik xizmati ham voqea yuzasidan bayonot berdi va buni terakt deb atadi.
"Terrorchilik harakati sodir etgan shaxsni va jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash hamda jinoiy javobgarlikka tortishga qaratilgan shoshilinch tezkor-tergov tadbirlari amalga oshirilmoqda", — deyiladi Ozarbayjon davlat xavfsizlik xizmati bayonotida.


