Oktabr oyidan boshlab Ozarbayjonning AZAL milliy aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yoʼlga qoʼyishni rejalashtirmoqda.
Parvozlar haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari tashkil etiladi.
Shuningdek, «Ozarbayjon havo yoʼllari» tomonidan «Boku-Toshkent-Boku» yoʼnalishi boʼyicha parvozlar soni haftasiga 5 martagacha oshirilishi kutilmoqda.


