1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etilmoqda

Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi joriy etiladi.

O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etilmoqda

“O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi.

 

Universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oshiradi.

 

Universitetda dastlabki bosqichda magistratura, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi joriy etiladi.

 

Taʼlim jarayoni maqsadli davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

Bitiruvchilarga Universitet diplomi va (yoki) Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan taʼlim dasturlari bo‘yicha konsorsium tarkibiga kirgan tegishli Fransiya universitetining diplomi beriladi.

 

Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика