O‘zbekistonlik grossmester Nodirbek Abdusattorov (2731) shaxmat bo‘yicha ChessKid Cup-2023 onlayn musobaqasi g‘olibiga aylandi.
Hamyurtimiz turnir finalida niderlendiyalik Yorden van Forestga qarshi dona surib, 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.
Shaxmatchilar o‘rtasidagi o‘tkazilgan 4 ta partiyaning 3 tasida durang qayd etilgan bo‘lsa, Nodirbek uchinchi partiyada qora donalarda o‘ynab, bahsni o‘z foydasiga hal etdi.


