1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

O‘zbekiston — Qirg‘iziston avtomobil zavodi qurilishi boshlandi

Chuy viloyatida joylashgan yangi zavod birinchi bosqichda yiliga 10 mingta avtomobil ishlab chiqaradi.

O‘zbekiston — Qirg‘iziston avtomobil zavodi qurilishi boshlandi

 

Qirg‘iziston va O‘zbekiston avtomobil yig‘ish va ishlab chiqarish zavodini qurishni boshladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston nashri xabar berdi. 

 

Chuy viloyatining Oq-suv qishlog‘ida "Altin Tulpar Unaa Kurulush" avtomobil va yengil avtomobillarini yig‘ish hamda ishlab chiqarish zavodi qurilish maydonchasiga kapsula joylashtirildi.

 

Kapsulani joylashtirish marosimida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov ishtirok etdi.

 

"Ikki respublika o‘rtasidagi do‘stlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Buning isboti — zavod qurilishi uchun kapsulaning joylashtirilishi. Bu ikki davlat uchun strategik muhim loyihadir", — deya qayd etdi Japarov.

 

Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming dona avtomobilni tashkil etadi, 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

 

Qirg‘izistonda zavod qurish bo‘yicha kelishuvga O‘zbekiston prezidentining yil boshidagi rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика