Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozog‘iston, Kuba, Malayziya, Tailand, Uganda va O‘zbekiston BRICS hamkori bo‘lishga tayyorligini tasdiqladi, ular 1 yanvardan shunday maqomga ega bo‘ladi. Bu haqida Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, BRICS hamkor davlat vakillari tashkilot sammitlari va tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishlari doirasidagi alohida anjumanlarga taklif qilinadi.


