1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston 18-iyuldan Rossiya shaharlariga avtobus qatnovini tiklaydi

Transport vazirligi chipta narxlarini ma’lum qildi.

O‘zbekiston 18-iyuldan Rossiya shaharlariga avtobus qatnovini tiklaydi

 

18-iyuldan Rossiya Federatsiyasining Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.


Qayd etilishicha, 18 iyuldan boshlab haftaning dushanba va payshanba kunlari “Toshkent” avtovokzalidan soat 12:00 da Toshkent–Moskva yo‘nalishida qatnovlar amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalishda chipta narxi 1 million so‘m.


Toshkent–Qozon yo‘nalishida qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi.Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 11:00 da harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi 800 ming so‘m.


Toshkent–Sankt-Peterburg yo‘nalishida qatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 16:00 da yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi 1 250 000 so‘m.


Mazkur yo‘nalishlarda qatnovlar “Uzautotrans service” MCHJ korxonasining Yutong rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика