O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 16,7 million dollariga teng bo‘lgan 79,9 ming tonna qovun eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 6 oy davomidagi qovun eksporti 2022-yilning mos davriga bilan solishtirilganda 16,8 ming tonnaga oshgan.
Yanvar-iyun oylarida qovun eng ko‘p eksport qilingan davlatlar orasida yetakchilik Qozog‘iston hisobiga to‘g‘ri kelgan — 35,7 ming tonna. Shuningdek:
-
Qozog‘iston – 35,7 ming tonna;
-
Rossiya – 29,3 ming tonna;
-
Qirg‘iziston – 12,6 ming tonna;
-
Belarus – 1,3 ming tonna;
-
Tojikiston – 664 tonna;
-
Mongoliya – 143 tonna.


