1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 400 tonna gumanitar yordam yubordi

Ushbu gumanitar aksiya 2025 yil davomida Afg‘onistonga yuborilgan to‘rtinchi yordam partiyasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 400 tonna gumanitar yordam yubordi

 

2025 yil 29 dekabr kuni Afg‘onistonning Balx viloyati Hayraton shahrida O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati nomidan afg‘on xalqiga navbatdagi gumanitar yordam partiyasini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Umumiy og‘irligi qariyb 390 tonnani tashkil etgan ushbu yuk Termiz yuk tashish markazida shakllantirilgan bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar hamda tibbiy jihozlardan iborat.

 

Gumanitar yordam bilan tanishar ekan, Balx viloyati hokimi M. Vafo O‘zbekiston Prezidenti nomiga afg‘on xalqini doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani va ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. Uning taʼkidlashicha, mazkur tashabbus O‘zbekiston rahbariyatining afg‘on xalqi bilan chinakam birodarlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlariga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

 

Qayd etilishicha, ushbu gumanitar aksiya 2025 yil davomida Afg‘oniston xalqiga yuborilgan to‘rtinchi yordam partiyasi hisoblanadi.

 

Shuningdek, viloyat rahbari O‘zbekistonning ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi izchil saʼy-harakatlarini alohida eʼtirof etdi. Ushbu choralar natijasida so‘nggi yillarda Afg‘oniston eksporti hajmi oshib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va farovonligi yaxshilanib borayotgani taʼkidlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика