Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 372 276 kishini tashkil etgan. O'zbekistonning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan.
"Mamlakatimiz aholisi 2023-yil boshidan buyon 347,3 ming kishiga ko‘paygan",- deyiladi xabarda.
O‘zbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 57,9 ming kishiga oshgan. Qayd etilishicha, 2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga ko‘paymoqda.


