1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston aholisining 74,1 foizi o‘z hayotidan mamnun ekanligini maʼlum qildi

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, har o‘ninchi respondent hayotidan “qisman qoniqishini” bildirgan.

O‘zbekiston aholisining 74,1 foizi o‘z hayotidan mamnun ekanligini maʼlum qildi

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan O‘zbekiston fuqarolari o‘z hayotidan qoniqadimi, mazmunidagi so‘rov o‘tkazildi, deya xabar bermoqda  UzA.

Unga ko'ra, so‘rovda qatnashganlarning 74,1 foizi hayotdan va ishlarning hozirgi holatidan juda mamnun. Qolgan 13,7 foiz odamlar hayotidan qoniqishlarini aytgan. Har o‘ninchi respondent esa “qisman qoniqishini” bildirgan.

Shuningdek, so‘rovnomada qatnashgan o‘zbekistonliklar o‘zlarining o‘tgan yildagi moddiy ahvoli va moliyaviy holatini baholay turib, fuqarolarning aksariyati – 66,1 foizi yaxshilanishlarni qayd etgan. Qolgan 27,5 foiz fuqarolar u avvalgidek yaxshi darajada qoldi deb hisobladi.

Ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning siyosiy-ijtimoiy faolligi ham ortgan. Ular mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi haqida ijobiy fikrda va o‘zgarishlarni o‘z hayotida sezayotganini bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика