Unga ko‘ra, O‘zbekistonga 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar qatorida Xitoy Xalq Respublikasi yetakchi bo‘lgan(6 963 dona). Undan keyingi o‘rinlarda Koreya(5 630 ta) va Rossiya(4 167 ta) joy olgan.
Quyida mamlakatimizga avtomobillarini eng ko‘p import qilgan davlatlar ketma-ketligi berilgan:
Xitoy – 6 963 ta;
Koreya – 5 630 ta;
Rossiya – 4 167 ta;
Qozog‘iston – 3 731 ta;
Polsha – 1 204 ta;
AQSH – 479 ta;
Litva – 427 ta;
Tailand – 250 ta;
Germaniya – 103 ta;
Yaponiya – 88 ta.
Avvalroq O‘zbekistonda Nexia 3 va Spark avtomobillarini ishlab chiqarish kamaygani hamda mamlakatimizga elektromobillar asosan qayerdan olib kelinishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


