1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston avtomobil bozorida iyul oyida o'sish kuzatildi

Iyun oyidagi pasayishdan keyin iyul oyi yakunlariga ko‘ra, respublikada avtotransport vositalari savdosi 17 foizga o‘sib, 144,5 mingtaga yetdi. Shuningdek, o'sish 2022-yilning iyul oyiga nisbatan 40 foizni tashkil etdi. Eng katta o‘sish elektromobillar segmentida kuzatildi.

O‘zbekiston avtomobil bozorida iyul oyida o'sish kuzatildi

 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari iyul oyidagi O‘zbekiston avtomobil bozorini tahlil qildi. Unga ko‘ra, iyul oyi yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalari savdosi 17 foizga o‘sib, 144,5 mingtaga yetdi. Shu bilan birga, o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan savdo o‘sishi 40 foizni tashkil etdi.

 

Yengil avtomobillar

 

Respublikada iyul oyida sotilgan yengil avtomobillarning umumiy soni 20 foizga o‘sib, 132 mingdan oshdi. Eng sezilarli o‘sish Buxoro — 36 foiz, Sirdaryo — 35 foiz va Surxondaryo viloyatlarida — 31 foiz qayd etildi. Yengil avtomobillari savdosi o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan 39 foizga oshdi.

 

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

 

Ko‘rib chiqilayotgan bir oy davomida birlamchi bozorda yangi yengil avtomobillar savdosi 19,2 foizga oshdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 64,5 foizni tashkil etdi.

 

Bundan tashqari, iyul oyida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar segmentida sotuvlar sezilarli darajada oshdi. Xususan, 29,6 mingta avtomobil sotildi, bu iyun oyiga nisbatan 24 foiz va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59,3 foiz ko‘proq.

 

Shuningdek, iyul oyi davomida 4,9 mingta xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar sotildi. Bu 2022 yil iyul oyidagi ko‘rsatkichdan 2,7 baravar yuqori.

 

Ikkilamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

 

Iyul oyida yengil avtomobillarning ikkilamchi avtomobil bozori sotuvlarning o‘sishi bilan ajralib turdi. Oy davomida 97,6 ming dona yengil avtomobillar sotildi, bu bir oy oldingiga nisbatan 17,6 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan 30 foizga sezilarli o‘sish qayd etildi.

 

Elektromobillar bozori

 

Oy davomida yengil elektromobillar savdosi 28,9 foizga o‘sib, 2,7 mingta avtomobilni tashkil etdi. Eng ko‘p sotilgan elektromobillar Toshkent shahrida — 1,9 ming dona, Toshkent — 153 dona va Xorazm viloyatlarida — 117 dona qayd etildi.

 

Elektromobillarning birlamchi bozori iyun oyiga nisbatan 37,5 foizga o‘sib, 2,3 mingtani tashkil etdi, bu 2022 yil iyul oyiga nisbatan 4,7 baravar ko‘p.

 

Shu bilan birga, elektromobillarning ikkilamchi bozorida pasayish kuzatildi. Oy davomida jami 318 dona elektromobil sotilgan bo‘lib, bir oyda 15,2 foiz pasaygan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика