1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

O‘zbekiston banklarida fuqarolarning qancha omonatlari saqlanmoqda?

Banklardagi depozitlar hajmi rekord o‘rnatgani aytildi.

O‘zbekiston banklarida fuqarolarning qancha omonatlari saqlanmoqda?

 

O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarning banklardagi omonatlari hajmi 1-dekabr holatiga ko‘ra, 216,5 trillion so‘mni tashkil etdi.

 

Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston banklaridagi depozitlar hajmi rekord o‘rnatdi. Muddatli omonatlarning o‘rtacha daromadliligi pasayganiga qaramay, banklardagi jismoniy va yuridik shaxslarning omonatlarining umumiy miqdori oktyabr oyidagi pasayishdan keyin noyabr oyida oshdi. Xususan, oy davomida banklardagi depozit hajmi 4,8 foizga oshib, 216,5 trillion so‘mni tashkil qilgan.

 

Qayd etilishicha, jismoniy shaxslarning omonatlari noyabr oyi davomida 56,2 trillion so‘mdan 57,8 trillion so‘mga (+2,8 foiz) oshdi. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun o‘sish 150,33 trillion so‘mdan 158,8 trillion so‘mgacha ko‘tarilgan (+5,6 foiz) ni tashkil etdi.

 

Bundan tashqari banklar tomonidan ajratilgan kredit miqdori 2022-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, 382 trillion so‘mni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit miqdori 97 so‘mni trillion trillion so‘mni, yuridik shaxslarga ajratilgan kreditar miqdori esa 284 trillion so‘mni tashkil etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика