1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil" ichki turizm yarmarkasi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil" ichki turizm yarmarkasi tashkil etiladi

 

2024-yildan boshlab har yili “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi “tadbirkor bilan tadbirkor” va “tadbirkor bilan mijoz” mexanizmlari asosida tashkil etiladi.

 

Loyihaga muvofiq, 2024-yildan boshlab har yili “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi: mart va avgust oylarida – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) va “tadbirkor bilan mijoz” (B2C) mexanizmlari asosida;


dekabr oyida – respublikada “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) mexanizmlari asosida tashkil etiladi.

Belgilanishicha:

— yarmarka 2024-yilda Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan;

 

— 2025-yildan boshlab yarmarka ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlari mahalliy byudjet va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan o‘tkaziladi;

 

— yarmarka doirasida davlat buyurtmachilariga xarid jarayoni ochiqligini taʼminlagan holda o‘z xodimlari uchun O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarni tashkil qilish maqsadida eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga ko‘ra turistik mahsulotlarni xarid qilishga ruxsat beriladi;

 

— yarmarka doirasida Turizm qo‘mitasi tomonidan turizm sohasi subyektlarining faoliyatini namoyish qiluvchi tayyorlanadigan targ‘ibot materiallar (foto, video va boshqalar) ijtimoiy axborotga tenglashtiriladi;

 

— 2025-yildan boshlab har yili 1-fevralga qadar Turizm qo‘mitasi tomonidan yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi;

 

— 2025-yildan boshlab har yili 10-fevralga qadar Turizm qo‘mitasi tomonidan Yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Turizm qo‘mitasi:

— yarmarkalar o‘tkazilishidan kamida ikki hafta oldin targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilishni;

 

— yarmarkalarga ichki turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar, dam olish maskanlari, mehmonxonalar hamda transport tashkilotlarini ishtirokini;

 

— yarmarkalarga ishtirok etuvchi tadbirkorlarni ro‘yxatini oldinda shakllantirishni;

 

— yarmarkalar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va shartnomalarni ro‘yxatga olishni hamda monitoringni olib borishni;

 

— ommaviy axborot vositalari shu jumladan, ko‘p sonli auditoriyaga ega bo‘lgan blogerlarni jalb qilgan holda mamlakat bo‘ylab sayohatga undovchi turli videoroliklar ishlab chiqishni taʼminlaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика