1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston chetga rekord miqdorda piyoz eksport qildi

O‘zbek piyozining asosiy xaridorlari Qozog‘iston va Rossiya bo‘ldi

O‘zbekiston chetga rekord miqdorda piyoz eksport qildi

 

O‘zbekistondan piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilingan kundan deyarli to‘rt oy o‘tdi va o‘tgan davr mobaynida ushbu mahsulot rekord hajmda tashqi bozorlarga yetkazib berildi. O‘zbek piyozining asosiy xaridorlari Qozog‘iston va Rossiya bo‘lib, ular umumiy eksportning deyarli 90 foizini tashkil qiladi, deydi EastFruit tahlilchilari.

 

O‘zbekiston piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklovni 2023-yil 15-martdan — ushbu mahsulot eksporti taqiqlangan kundan boshlab ikki oydan kamroq vaqt ichida bekor qildi. Dastlabki savdo statistik ma’lumotlariga ko‘ra, eksport cheklovi bekor qilingan kundan boshlab 3,5 oy davomida – joriy yilning mart o‘rtalaridan iyun oyi oxirigacha tashqi bozorlarga 222,8 ming tonna piyoz jo‘natildi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 53 foizga ko‘pdir.

 

Shuningdek, joriy mavsumda ushbu mahsulotlar eksporti geografiyasi keskin kengayganiga qaramay, ko‘rib chiqilayotgan davrda o‘zbek piyozi umumiy eksportining 95 foizi YeOII mamlakatlari bozorlariga yetkazib berildi:

 

  • Qozog‘iston – 129,4 ming tonna (umumiy eksportning 58,1 foiz);
  • Rossiya - 70,1 ming tonna (31,4 foiz);
  • Qirgʻiziston – 8,1 ming tonna (3,6 foiz);
  • Belarus - 4,8 ming tonna (2,1 foiz).

 

May oyining oxiridan iyun o‘rtalarigacha bo‘lgan sezilarli pasayishdan so‘ng, so‘nggi uch hafta ichida O‘zbekistonda piyoz narxi bir xil darajada barqaror bo‘ldi. Keyingi uch haftada – 2023-yil 16-iyundan 7-iyulgacha O‘zbekistonda piyozning o‘rtacha ulgurji narxi 2500 so‘m/kg darajasida barqarorligicha qolmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика