1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston delegatsiyasi Raisiy bilan vidolashuv marosimida qatnashdi

Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining telegramdagi sahifasida ma'lum qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Raisiy bilan vidolashuv marosimida qatnashdi

 

Eron poytaxti Tehron shahrida marhum prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashdi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Eronning marhum prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va boshqa yuqori martabali mulozimlarning vidolashuv marosimida ishtirok etdi.

 

"Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov janoblari bilan birgalikda Eronning marhum Prezidenti Ibrohim Raisiy Janobi Oliylari, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon janoblari va boshqa yuqori martabali mulozimlari bilan vidolashuv marosimida ishtirok etish uchun Tehronga bordik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari nomidan Eron xalqi bilan birdamligimizni va chuqur hamdardligimizni izhor qildik", - deydi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining telegramdagi sahifasida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика