1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O’zbekiston energetika vaziri gaz masalasida Sankt-Peterburgga bordi

U yerda “Gazprom” raisi bilan uchrashuv o’tkazilgan.

O’zbekiston energetika vaziri gaz masalasida Sankt-Peterburgga bordi

 

Bugun, 9-fevral kuni Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri J. Mirzamahmudov, “Gazprom” OAJ boshqaruv raisi A. Miller hamda Qozog‘iston Respublikasi Energetika vaziri B. Akchulakov ishtirokida uch tomonlama uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Uchrashuvda O‘zbekistonga Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali yetkazib berish masalasi, xususan, uch tomonlama ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan dastlabki texnik ko‘rik natijalari, yetkazib berishning mavjud imkoniyatlari hamda joriy yil yanvar oyida imzolangan “yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

 

Mazkur uchrashuv yakuni bilan uch tomonlama o‘rganishlarning keyingi bosqichini jadallashtirish hamda natijasi bo‘yicha qisqa muddatlarda uch tomonlama uchrashuvni qayta tashkil etishga kelishib olingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика